Noldan ochish · 4-qadam
Menejerlar va rollari
Menejer — markazning kundalik ishini yurituvchi xodim: o'quvchi qabul qiladi, guruh tuzadi, to'lov oladi, davomatni nazorat qiladi. Menejerni faqat direktor qo'shadi va unga qaysi bo'lim ishlarini bajarish huquqini beradi. 10 daqiqa vaqt oladi.
Qayerga kirish
Qayerda: bu faqat direktor panelida qilinadi (menejer panelida emas) — director.educrm.pro → chap menyu O'quv markaz → Menejerlar → ⊕ Yangi menejer.

Nima yoziladi
- 1Ism Familiya — kamida 3 belgi.
- 2Telefon — +998 avtomatik turadi, qolgan 9 raqamni terasiz. Bu menejerning logini bo'ladi.
- 3Parol — menejer birinchi kirishda shu parolni ishlatadi. Kamida 8 ta belgi qo'ying.
- 4Filial — menejer qaysi filialda ishlashi. Majburiy; ro'yxatdan tanlanadi.
- 5Menejer roli — bo'lim roli (majburiy). Pastdagi «Rollar» bo'limiga qarang.
- 6Izoh — ixtiyoriy eslatma (masalan «ertalabki smena»).

Natija: menejer yaratiladi va o'z telefon raqami hamda siz bergan parol bilan manager.educrm.pro manzilidan kira oladi.
Rollar va ruxsatlar
Menejer roli — bu tayyor ruxsatlar to'plami. Rolni tanlaganingizda uning ostida qanday ruxsatlar berilishi va menejer qanchalik ma'lumot ko'rishi (Doira: butun markaz yoki Doira: faqat o'z filiali) yozib ko'rsatiladi.
| Rol | Nimalar bilan ishlaydi | Ma'lumot doirasi |
|---|---|---|
| O'quv bo'limi | O'quvchilar, guruhlar, davomat, kurslar, xonalar, guruh analizi, arxiv | Faqat o'z filiali |
| Kassa | To'lovlar, chiqimlar, to'lov turlari, to'lov analizi, arxiv | Faqat o'z filiali |
| Reception (qabul) | Lidlar, o'quvchilarni ro'yxatga olish, SMS, arxiv | Faqat o'z filiali |
| Marketolog | Lidlar, lid analitikasi, marketing paneli | Faqat o'z filiali |
| Bosh menejer | Barcha ruxsatlar yoniq — to'liq huquqli menejer | Butun markaz (barcha filiallar) |
| Boshqa | Ruxsatlarni direktor o'zi katakchalar orqali belgilaydi | Belgilangan ruxsatlarga qarab |
Har bir rolda Dashboard va Bildirishnomalar doim ochiq bo'ladi — ularsiz panelni ishlatib bo'lmaydi.
Tayyor rol va «Boshqa» o'rtasidagi farq
- Tayyor rol (O'quv bo'limi, Kassa, Reception, Marketolog, Bosh menejer) tanlansa, ruxsatlar ro'yxati pastda faqat ko'rsatiladi — ularni o'zgartirib bo'lmaydi.
- «Boshqa — ruxsatlarni o'zim belgilayman» tanlansa, ruxsatlar katakchalarga aylanadi va har birini alohida yoqib-o'chirasiz.
- «Boshqa»da hamma katakcha yoqilsa, menejer avtomatik Bosh menejer hisoblanadi va butun markazni ko'radi — oynada shu haqda eslatma chiqadi.

Tahrirlash, parolni almashtirish va o'chirish
Menejerlar ro'yxatida har bir qatorning o'ng chekkasida uch nuqtali menyu bor. Unda uchta amal:
- Kirish — menejer paneli yangi oynada o'sha menejer nomidan ochiladi. Menejer nimani ko'rayotganini tekshirish yoki uning o'rniga ish qilish uchun qulay.
- Tahrirlash — ma'lumotlarni va ruxsatlarni o'zgartirish sahifasi.
- O'chirish — menejerni o'chirish (tasdiqlash so'raladi).

Parolni almashtirish
Menejer parolini unutsa, siz uni tahrirlash sahifasidan yangilaysiz. U yerda «Yangi parol (ixtiyoriy)» maydoni bor:
- 1Menejer qatoridagi Tahrirlash ni bosing.
- 2Yangi parol maydoniga yangi parolni (kamida 8 belgi) yozing. Parolni o'zgartirmoqchi bo'lmasangiz — maydonni bo'sh qoldiring.
- 3Saqlash ni bosing va yangi parolni menejerga ayting.

Menejer maoshi
Qayerda: direktor paneli → Moliya (balans) → o'ng tomondagi «Manager maoshlari» bloki → + Maosh berish.

Batafsil: Direktor · Managerlar va maosh va Direktor · Moliya.