Noldan ochish · 5-qadam
Kurslar qo'shish
Kurs — bu markazingizda o'qitiladigan yo'nalish (masalan, Ingliz tili yoki Matematika). Kursda ikkita muhim raqam bor: oylik narx va necha oy davom etishi. Keyinchalik guruhning oylik to'lovi ham, dars jadvalining uzunligi ham shu ikki raqamdan kelib chiqadi. Guruh yaratish uchun kamida bitta kurs bo'lishi shart.
Qayerga kirish
Menejer paneliga kiring (educrm.pro) → chap menyu → Kurslar. Sahifa sarlavhasi: «Kurslar — Barcha kurslar ro'yxati va boshqaruvi». O'ng tepada ko'k Yangi kurs qo'shish tugmasi turadi.

Sahifa tepasidagi uchta ko'rsatkich:
- Jami kurslar — ro'yxatdagi kurslar soni;
- O'rtacha davomiylik — barcha kurslarning o'rtacha davomiyligi (oyda);
- O'rtacha narx — barcha kurslarning o'rtacha oylik narxi (so'mda).
Nima yoziladi
Yangi kurs qo'shish bosilsa kichik oyna ochiladi. Unda atigi uchta maydon bor:
- 1Kurs nomi — yo'nalish nomi (masalan «Ingliz tili»). Kamida 2 ta belgi, ko'pi bilan 50 ta. Harf, raqam, probel va oddiy belgilar (nuqta, chiziqcha, apostrof) qabul qilinadi.
- 2Narxi (UZS) — bir oylik to'lov summasi. Faqat raqam terasiz (masalan 500000), tizim terish paytida minglarni bo'sh joy bilan ajratib ko'rsatadi. Butun son bo'lishi, 0 dan katta va 100 000 000 so'mdan oshmasligi kerak.
- 3Kurs davomiyligi (oy, max 30) — kurs necha oy davom etishi. 1 dan 30 gacha butun son.
Qo'shish tugmasini bosing. Natija: kurs darhol ro'yxatga qo'shiladi va kartada uning nomi, Faol belgisi, narxi (UZS) hamda davomiyligi (oy) ko'rinadi.
Narx keyin nimaga ta'sir qiladi
Kurs narxi uch joyda ishlaydi:
1. Guruhning oylik to'lovi
2. To'lov qabul qilishda yuqori chegara
To'lov qabul qilayotganda summa kurs narxidan oshib ketolmaydi — tizim «To'lov miqdori kurs narxidan oshmasligi kerak» deb rad etadi. Chegirma va coin avval narxdan ayiriladi, qolgan summa esa chegara bo'lib qoladi.
3. O'qituvchi ulushi
O'qituvchi «to'lovdan foiz» shartnomasida ishlasa, uning maoshi aynan shu guruhlarga tushgan to'lovlardan hisoblanadi. Batafsil: 7-qadam — O'qituvchilar qo'shish.
Davomiylik darslar soniga qanday aylanadi
Kurs davomiyligi (oy) shunchaki ma'lumot emas: tizim undan butun kurs uchun nechta dars bo'lishini hisoblab chiqadi. Hisob qoidasi:
Jami darslar = kurs oylari × 4,33 × haftadagi dars kunlari soni (yuqoriga yaxlitlanadi)
4,33 — bu bir oydagi o'rtacha hafta soni. Misollar:
- 3 oylik kurs, haftada 3 kun dars → 3 × 4,33 × 3 = 38,97 → 39 ta dars;
- 4 oylik kurs, haftada 2 kun dars → 4 × 4,33 × 2 = 34,64 → 35 ta dars;
- 8 oylik kurs, haftada 3 kun dars → 8 × 4,33 × 3 = 103,92 → 104 ta dars.
Bu son guruh yaratish formasida «Jami darslar soni» maydonida o'zi paydo bo'ladi — uni qo'lda o'zgartirib bo'lmaydi. O'zgartirish uchun kursni yoki dars kunlarini almashtirasiz.

Kursni tahrirlash va o'chirish
Har bir kurs kartasida ikkita tugma bor: Tahrirlash va O'chirish. Tahrirlash o'sha uchta maydonni qayta ochadi (nom, narx, davomiylik) — o'zgartirib Saqlash ni bosasiz. O'chirishda tizim «Haqiqatan ham bu kursni o'chirmoqchimisiz?» deb tasdiq so'raydi.
