Direktor Panel
EducationCRM tizimining direktor paneli haqida to'liq qo'llanma. Tizimga kirish, boshqaruv va sozlamalar bo'yicha barcha ma'lumotlar.
Tizimga Kirish
Login — Tizimga Kirish
Agar hisobingiz mavjud bo'lsa, telefon raqam va parol orqali tizimga kiring. Parol katta va kichik harflardan iborat bo'lishi kerak.
- 1director.educationcrm.uz sahifasiga o'ting
- 2Telefon raqamingizni kiriting (masalan: +998901234567)
- 3Parolingizni kiriting (katta va kichik harflar bilan)
- 4«Kirish» tugmasini bosing


Ro'yhatdan O'tish
Yangi hisob yaratish uchun ro'yhatdan o'tish bo'limidan foydalaning. Ma'lumotlaringiz to'g'ri bo'lishi va parollar bir xil bo'lishi kerak. Ommaviy oferta va maxfiylik siyosatini o'qib, rozilik bildirishingiz shart.
- 1«Ro'yhatdan o'tish» tugmasini bosing
- 2Ism, familya va telefon raqamingizni kiriting
- 3Parol va parol tasdig'ini kiriting (bir xil bo'lishi kerak)
- 4Ommaviy oferta va maxfiylik siyosatini o'qib, rozilik belgilang
- 5«Ro'yhatdan o'tish» tugmasini bosing

Ma'lumotlarni To'ldirish
Ro'yhatdan o'tgandan so'ng o'quv markaz haqida asosiy ma'lumotlar to'ldiriladi. Bu ma'lumotlar tizimda o'quv markazingizni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi.

Tariff Tanlash
O'quv markazingiz uchun mos tarifni tanlang. Tariff o'quvchilar soni va funksionallikka qarab farqlanadi.

Tasdiqlash va To'lov
Kod tasdiqlanganidan so'ng to'lov sahifasiga o'tiladi. To'lov qilingach director.educationcrm.uz sahifasiga kirib, o'zingiz yozgan telefon raqam va parol bilan login qilishingiz kerak.
- 1Telefoningizga kelgan tasdiqlash kodini kiriting
- 2To'lov sahifasiga o'ting va to'lovni amalga oshiring
- 3To'lov muvaffaqiyatli bo'lgach director.educationcrm.uz ga o'ting
- 4Ro'yhatdan o'tishda kiritgan telefon va parol bilan kiring

Dashboard
Dashboard — bu bosh sahifa bo'lib, unda o'quv markaz faoliyati haqida umumiy analitika, muhim ko'rsatkichlar va tezkor amallar joylashgan. Bir nazar bilan butun markaz holatini ko'rishingiz mumkin.
Analitika
Oylik va yillik daromad ko'rsatkichlari
Statistika
O'quvchilar va guruhlar soni
Tezkor Amallar
Eng ko'p ishlatiladigan funksiyalar

Filiyallar
Filiyallar bo'limida o'quv markazingizning barcha filiyallari ro'yxati ko'rinadi. Har bir filiyalni alohida boshqarish, ma'lumotlarini yangilash va o'chirish mumkin.

Managerlar
Bu bo'limda o'quv markazingizning barcha managerlari boshqariladi. Direktor sifatida managerlarni to'liq nazorat qilishingiz mumkin.
Tahrirlash
Manager ma'lumotlarini yangilash
O'chirish
Managerni tizimdan o'chirish
Huquqlar
Foydalanuvchi huquqlarini sozlash
Parolsiz Kirish
Manager paneliga to'g'ridan kirish
Direktor panelida manager paneliga login va parolsiz kirish imkoni mavjud. Bu managerlarni tezkor nazorat qilishda qo'l keladi.

To'lovlar
To'lovlar sahifasida o'quv markazingizning moliyaviy faoliyati to'liq ko'rinadi. Joriy oy daromadi, yillik summa, jami to'lovlar soni va o'rtacha to'lov miqdori.
Joriy Oy Daromadi
Bu oyda tushgan umumiy summa
Yillik Summa
Joriy yilning jami daromadi
To'lovlar Soni
Jami amalga oshirilgan to'lovlar
O'rtacha To'lov
Har bir to'lovning o'rtacha miqdori
Grafik orqali to'lovlar tahlilini ko'rish va qaysi o'quvchi, qaysi manager orqali to'lov qilgani, qancha to'laganini kuzatish mumkin.






Xarajatlar
Bu bo'limda o'quv markazning manager tomonidan qilingan xarajatlar ko'rinadi. Masalan: elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa kommunal xarajatlar shu yerda hisoblanadi.

Marketing
Marketing bo'limida marketing xodimlarini boshqarish mumkin. Xodimlarni qo'shish, o'chirish va parollarni tiklash imkoniyati mavjud.

CRM To'lovlari
Bu sahifada CRM tizimidan foydalanish uchun qilingan to'lovlar tarixi ko'rinadi. Qachon qancha to'lov qilinganligi haqida to'liq ma'lumot.

Sozlamalar
O'quv Markaz Sozlamalari
O'quv markaz haqida asosiy ma'lumotlarni sozlash. CRM tizimda o'quv markazga oid kontakt ma'lumotlar (telefon raqam va boshqalar) o'quvchilarga ko'rsatiladi.


To'lov Sozlamalari
Bu bo'limda o'quvchilar qanday to'lov qilishi belgilanadi: oylik to'lov yoki har bir dars uchun alohida to'lov. Shuningdek, bepul darslarda necha kun qatnashishi mumkinligi ham shu yerda sozlanadi.

Telegram Bot Sozlamalari
O'quv markazda guruhlar uchun ishlatiladigan Telegram botlarni ulash mumkin. Botlar Telegram Bot Token orqali tizimga qo'shiladi va guruhlar bilan avtomatik ishlaydi.
- 1@BotFather orqali Telegram bot yarating
- 2Bot tokenini nusxalab oling
- 3Sozlamalar → Telegram Bot bo'limiga o'ting
- 4Token ni kiriting va «Qo'shish» tugmasini bosing

Xavfsizlik — 2FA
Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) yoqilganda har safar tizimga kirishda Telegram orqali tasdiqlash kodi yuboriladi. Login va parol tarqalib ketgan taqdirda ham hisobingiz xavfsiz qoladi.

Profil
Profil sahifasida o'quv markaz haqida to'liq ma'lumotlar ko'rinadi: nechta o'quvchiga limit qoldi, nechta o'quvchi qo'shildi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ma'lumotlar.
O'quvchi Limiti
Qolgan limit miqdori
Ijtimoiy Tarmoqlar
Instagram, Telegram va boshqalar
Markaz Ma'lumotlari
Nomi, manzil va aloqa


Bildirishnomalar
Bu bo'limda superadmin orqali yuborilgan bildirishnomalarni ko'rish va boshqarish mumkin. Tizimga oid muhim xabarnomalar shu yerda ko'rinadi.
