Noldan ochish · 13-qadam
SMS va avto-xabarlar
SMS ulansa, to'lov va davomat kabi hodisalarda ota-onalarga xabar o'zi boradi. Buning uchun ikki ish qilinadi: markazning o'z SMS hisobini ulash va kerakli hodisalarni yoqish.
SMS xizmatini ulash
SMS markazning o'z hisobidan yuboriladi — ya'ni SMS uchun to'lovni siz provayderga to'laysiz. Shuning uchun birinchi ish — hisobni ulash.
Qayerga: menejer panelida chap menyu → Aloqa → SMS ulanish.

- 1smsxabar.uz saytida ro'yxatdan o'ting va olgan login hamda parolni shu yerga kiriting.
- 2Jo'natuvchi (originator) — standart qiymat 3700. O'z nomingiz tasdiqlangan bo'lsa, uni yozing.
- 3Tekshirish va ulash tugmasini bosing — tizim ma'lumotni tekshirib saqlaydi.
- 4Ulangach Test yuborish orqali o'z raqamingizga sinov SMS yuboring.
Natija: yuqorida Ulangan belgisi paydo bo'ladi va shundan keyin barcha SMS shu hisob orqali ketadi.
Eskiz.uz — muqobil yo'l
Tizim Eskiz.uz bilan ham ishlaydi: u email va parol orqali ulanadi, balansi so'mda ko'rinadi, kirish tokeni esa taxminan bir oy amal qiladi va muddati tugagach yangilanadi. Eskizda xabar matni oldindan tasdiqdan o'tishi kerak.
Batafsil (ikkala provayder, balans va token): Manager · SMS va bildirishnomalar.
Avtomatik xabarlarni yoqish
Qayerga: chap menyu → Aloqa → Auto SMS. Bu yerda har bir hodisa uchun xabar alohida yoqiladi va matni o'zgartiriladi. Yuqorida Faol turlar (nechtasi sakkiztadan yoqilgan) va Jami yuborilgan ko'rsatkichlari turadi.

Sakkizta hodisa bor:
- Sababli dars qoldirish — o'quvchi sababli kelmaganda;
- Darsga kech qolish — kechikib kelganda;
- Sababsiz dars qoldirish — sababsiz kelmaganda;
- To'lov qilganda — to'lov qabul qilinganda;
- Qarzdorlik aniqlanganda — kurs uchun qarz yuzaga kelganda;
- Guruhga qo'shilganda;
- Guruhdan chetlatilganda;
- Guruhdan guruhga ko'chirilganda.
- 1Kerakli hodisa kartasini toping.
- 2O'ng tomondagi tugmani bosib uni Faol holatga o'tkazing.
- 3Tahrirlash orqali xabar matnini o'zingizga moslang va saqlang.
Matn va o'zgaruvchilar
Xabar matnini o'zingiz yozasiz, lekin ichiga o'zgaruvchi qo'yish mumkin — yuborishda ular haqiqiy qiymatga almashadi. Masalan «Hurmatli {ism}, {guruh} guruhi uchun qarzingiz {qarz_miqdori} so'm».
Mavjud o'zgaruvchilar:
{ism}{telefon}{guruh}{yangi_guruh}{eski_guruh}{kurs}{sana}{dars_vaqti}{ustoz}{tolov_miqdori}{qarz_miqdori}{balans}{sabab}{vaqt}
Xuddi shu shablonlarni va yuborilgan xabarlar tarixini Sozlamalar → SMS sozlamalar sahifasidan ham ko'rasiz: u yerda ikkita bo'lim bor — Auto SMS Sozlamalari va SMS Tarixi.

Qo'lda va ommaviy yuborish
Avtomatik xabarlardan tashqari qo'lda ham yuborish mumkin:
- Bitta o'quvchiga — O'quvchilar → o'quvchini oching → SMS tugmasi. Uchta tayyor shablondan birini tanlaysiz (Rahmat, Eslatma, To'lov) va xabar ota-ona raqamiga (u yo'q bo'lsa o'quvchi raqamiga) ketadi.
- Qarz haqida — o'sha profilning qarzdorlik ro'yxatida har bir qarz yonida SMS yuborish tugmasi bor.
- Ommaviy — alohida SMS yuborish sahifasi (manzil: educrm.pro/sms/send). Unda uchta bo'lim bor: Oddiy (bitta raqamga matn), Shablon (tayyor shablon bo'yicha) va Ommaviy (o'quvchilarni belgilab, bir matnni ko'pchilikka).
Batafsil (shablonlar, tarix, statistika): Manager · SMS va bildirishnomalar.