Noldan ochish · 2-qadam

Markaz sozlamalari

Markazning asosiy ma'lumotlari: nomi, logotipi, telefonlari, manzili, ijtimoiy tarmoqlari, ish kunlari va bayram kunlari. Bu ma'lumotlar hisobotlarda, cheklarda, o'quvchi ilovasida va dars jadvalida ishlatiladi. 10 daqiqa vaqt oladi.

Qayerga kirish

Direktor panelida: director.educrm.pro → chap menyu Sozlamalar → Markaz sozlamalari.

Menejer panelida: manager.educrm.pro → chap menyu Sozlamalar → Markaz sozlamalari. Ikkala panelda ham ayni bir sahifa va ayni bir ma'lumot — birida o'zgartirsangiz, ikkinchisida ham o'zgaradi.

Direktor paneli — Markaz sozlamalari sahifasining yuqori qismi
Markaz sozlamalari: chapda «Asosiy ma'lumotlar», o'ngda «Ijtimoiy tarmoqlar». O'ng yuqorida «Saqlash» tugmasi.
Eslatma:Bu qadamni ro'yxatdan o'tgan zahoti direktor panelidan bajarish qulay — menejer hisobi hali yaratilmagan bo'lishi mumkin (menejer 4-qadamda qo'shiladi).

Nima yoziladi

  1. 1Markaz nomi — to'liq nom. Cheklarda, hisobotlarda va SMS matnlarida shu nom chiqadi.
  2. 2Asosiy telefon — markazning asosiy aloqa raqami.
  3. 3Qo'shimcha telefon — ikkinchi raqam (ixtiyoriy).
  4. 4Manzil — markazning to'liq manzili.
  5. 5Telegram — @username yoki https://t.me/… ko'rinishida (ixtiyoriy).
  6. 6Instagram — foydalanuvchi nomi (ixtiyoriy).
  7. 7Veb-sayt — https://… ko'rinishida (ixtiyoriy).

Natija: o'ng yuqoridagi Saqlash tugmasi bosilgach ma'lumotlar yangilanadi va butun tizimda (direktor, menejer, o'quvchi ilovasi) shu ma'lumot ishlatiladi.

Menejer paneli — Markaz sozlamalari sahifasi
Menejer panelidagi ayni shu sahifa: to'ldirilgan markaz nomi, telefon va manzil, o'ngda bo'sh ijtimoiy tarmoq maydonlari.
Diqqat:Menejer panelidagi «Asosiy telefon» maydoniga ehtiyot bo'ling. U saqlanganda direktorning login telefon raqami ham o'sha raqamga almashadi — ya'ni direktor eski raqami bilan tizimga kira olmay qoladi. Raqamni o'zgartirish zarur bo'lsa, buni ongli ravishda va direktorning xabari bilan qiling. Direktor panelidagi ayni maydon esa login raqamiga tegmaydi.

Ish kunlari va soatlari

Shu sahifaning pastida «Ish vaqti» bloki bor. Unda haftaning ish kunlarini belgilaysiz (Du, Se, Cho, Pay, Ju, Sha, Yak — bosib yoqiladi/o'chiriladi) hamda ish boshlanish va tugash soatini tanlaysiz.

Markaz sozlamalari — Ish vaqti bloki: ish kunlari tugmalari va soatlar
Ish vaqti: tanlangan kunlar ko'k rangda. Pastda xulosa chiqadi — «Dushanba - Shanba | 09:00 - 21:00».

Standart holat: Dushanba–Shanba, 09:00–21:00 (Yakshanba o'chiq). Tanlovingizni o'zgartirib Saqlash ni bosasiz.

Eslatma:Ish vaqti — markaz haqidagi ma'lumot: u markaz kartasida va o'quvchi mobil ilovasida ko'rsatiladi. Dars jadvali esa bundan emas, har bir guruhning o'z dars kunlaridan quriladi (8-qadam). Shuning uchun guruhga markaz ish kunidan tashqari kun ham tanlash mumkin — tizim bunga to'sqinlik qilmaydi.

Bayram va dam olish kunlari

Qayerda: direktor panelida Sozlamalar → Bayramlar; menejer panelida Boshqaruv → Bayram kunlari.

Bayram kunlari — dars jadvaliga haqiqatan ta'sir qiladigan yagona kalendar. Kiritilgan kunlarda dars o'tilmaydi deb hisoblanadi.

Direktor paneli — Bayram kunlari sahifasi (bo'sh holat)
Bayram kunlari sahifasi. Yuqorida yil tanlagichi va «+ Bayram qo'shish» tugmasi. Yangi markazda ro'yxat bo'sh bo'ladi.

Menejer panelida bayram qo'shish

  1. 1O'ng yuqoridagi + Bayram qo'shish tugmasini bosing.
  2. 2Nomi — masalan Navro'z bayrami.
  3. 3Boshlanish va Tugash sanalari — bir kunlik bayramda ikkalasi bir xil bo'ladi.
  4. 4Har yili takrorlanadi — yoqilgan bo'lsa, yil qiymati e'tiborga olinmaydi va bayram har yili o'sha sanada avtomatik hisobga olinadi (Navro'z, Mustaqillik kuni kabi). O'chirilgan bo'lsa — faqat ko'rsatilgan yilda ishlaydi.
  5. 5Qo'shish tugmasini bosing.
«Yangi bayram qo'shish» oynasi: nomi, sanalar va «Har yili takrorlanadi» tugmasi
Menejer panelidagi bayram qo'shish oynasi: nomi, boshlanish va tugash sanasi hamda «Har yili takrorlanadi» tugmachasi.
Eslatma:Oynaning pastidagi sariq Faqat mening filialim yozuvi — tanlov emas, eslatma. Menejer qo'shgan bayram har doim faqat uning o'z filialiga tegishli bo'ladi. Butun markazga (barcha filiallarga) tegishli bayramni direktor kiritadi.

Direktor panelida bayram qo'shish

Direktor oynasida maydonlar biroz boshqacha: Nomi, Boshlanish, Tugash va Qo'llanish doirasi — Barcha filiallar (global) yoki Faqat ma'lum filial. Bu yerda «Har yili takrorlanadi» tanlovi yo'q: direktor qo'shgan bayram faqat ko'rsatilgan sanalarda ishlaydi. Har yili takrorlanadigan bayram kerak bo'lsa, uni menejer panelidan kiriting.

Natija: bayram saqlanishi bilan tizim o'sha kunlarga tushgan kelgusi darslarni jadvaldan chiqaradi, keyingi darslarni bir o'rin oldinga suradi va yetishmagan darslarni kurs oxiriga qo'shib qo'yadi. Ya'ni dars raqamlari va mavzular ketma-ketligi buzilmaydi, guruh baribir kelishilgan darslar sonini oladi.

Diqqat:Bayram allaqachon davomat olingan darslarni o'zgartirmaydi — faqat hali o'tilmagan, rejalashtirilgan darslar suriladi. Shuning uchun bayram kunlarini imkon qadar oldindan kiriting.

Logotip va direktor ma'lumotlari

Qayerda: direktor paneli → Sozlamalar → Profil.

Markaz logotipi ro'yxatdan o'tishda yuklangan edi; uni almashtirish aynan shu sahifada bo'ladi — Markaz sozlamalari sahifasida logotip maydoni yo'q.

Direktor profili: logotip yuklash, to'liq ism va markaz nomi
Profil sahifasi: chapda o'zgartirish mumkin bo'lgan maydonlar — logotip (PNG/JPG, 5 MB gacha), to'liq ism va markaz nomi; o'ngda faqat ko'rish uchun telefon, manzil, holat va balans.
Eslatma:Ro'yxatdan o'tishdagi logotip cheklovi 2 MB edi; Profil sahifasida esa 5 MB gacha rasm qabul qilinadi.

Valyuta va til

  • Valyuta — tizimda barcha summalar so'mda (UZS). Valyutani almashtirish sozlamasi yo'q: kurs narxi, to'lov, maosh, xarajat va hisobotlar hammasi so'mda yuritiladi.
  • Til — markaz darajasida emas, har bir foydalanuvchi uchun alohida tanlanadi. Panel yuqorisidagi UZ / RU tugmachasini bossangiz interfeys o'zbekcha yoki ruschaga o'tadi va tanlovingiz shu brauzerda esda qoladi. Kirish sahifasida ham shu tugmacha bor.
Eslatma:Ya'ni bir markazda menejer o'zbekcha, boshqasi ruscha interfeysdan foydalanishi mumkin — ma'lumotlar bitta, faqat yozuvlar tili har xil.

Ko'p so'raladigan savollar

Markaz nomini o'zgartirsam, eski cheklar va hisobotlar ham o'zgaradimi?+
Markaz nomi bitta joyda saqlanadi, shuning uchun yangi nom hamma joyda — jumladan eski yozuvlar ko'rinishida ham — chiqadi. Nomni tez-tez o'zgartirmaganingiz ma'qul.
Ish kunlarini belgilamasam dars jadvali buziladimi?+
Yo'q. Dars jadvali guruhning o'z dars kunlaridan quriladi. Ish vaqti — markaz haqidagi ma'lumot, u jadvalni cheklamaydi.
Bayramni kech kiritdim — o'sha kundagi dars nima bo'ladi?+
Agar dars hali o'tilmagan va davomat olinmagan bo'lsa, u jadvaldan chiqariladi va keyingi darslar suriladi. Davomat allaqachon olingan bo'lsa, o'sha dars o'z holicha qoladi — uni qo'lda tuzatish kerak bo'ladi.
Yakshanba dars o'tamiz — nima qilish kerak?+
Ish vaqti blokida Yakshanbani yoqib qo'yish mumkin, lekin bu majburiy emas: guruh yaratishda dars kunlari orasida Yakshanbani tanlasangiz kifoya.
Markaz sozlamalarini menejer o'zgartira oladimi?+
Ha, menejer panelida ham xuddi shu sahifa bor. Agar menejerga ishonchingiz komil bo'lmasa, uni «Boshqa» roli bilan yaratib kerakli ruxsatlarni cheklang — qarang 4-qadam.