Direktor paneli
Managerlar va maosh
Managerlarni yaratish, ularning huquqlarini aniq belgilash, parolni yangilash, panellariga kirish va maoshini to'lash.
Manager kim va nimalarga kirishi mumkin
Manager — markazning kundalik ishlarini yurituvchi xodim: o'quvchilar, guruhlar, davomat, to'lovlar va h.k. Direktor har bir manager aynan qaysi bo'limlarni ko'rishini va boshqarishini belgilaydi (ruxsatlar orqali), shuningdek uni ma'lum bir filialga biriktiradi.
Managerlar ro'yxati
Menejerlar sahifasida barcha managerlar jadvali: Menejer, Telefon, Filial, 2FA holati va Amallar. Yuqorida qidiruv va filial bo'yicha filtr bor.

Har bir qatordagi ⋮ menyuda uch amal bor:
- Kirish — manager panelini parolsiz, yangi oynada ochadi (quyida batafsil).
- Tahrirlash — manager sahifasini ochadi (ma'lumot, huquqlar, parol).
- O'chirish — managerni tizimdan olib tashlaydi (tasdiq so'raladi).
Yangi manager qo'shish
O'ng yuqoridagi Yangi menejer tugmasi yaratish oynasini ochadi.
- 1Ism Familiya — kamida 3 belgi.
- 2Telefon — +998 avtomatik, qolgan 9 raqamni terasiz. Bu managerning login raqami.
- 3Parol — kamida 6 belgi (managerga birinchi kirish uchun).
- 4Filial ni tanlang (majburiy).
- 5Ruxsatlar ni belgilang — kerakmas bo'limlar belgisini olib tashlang.
- 6Ixtiyoriy Izoh qoldiring va Yaratish tugmasini bosing.

Huquqlar (permissions)
Ruxsatlar managerga qaysi sahifalar ko'rinishini va nimani boshqarishini aniq belgilaydi. Ular guruhlarga bo'lingan:
- Asosiy sahifalar — Dashboard, Lidlar, Bildirishnomalar, Arxiv.
- Ta'lim boshqaruvi — O'quvchilar, O'qituvchilar, Guruhlar, Davomat, Kurslar.
- Moliya — To'lovlar, To'lov turlari, Xarajatlar.
- Analitika — Analitika, Umumiy analitika, To'lov analitikasi, Lid analitikasi, O'qituvchi musobaqasi, Guruh analitikasi.
- Boshqa — SMS, Xonalar, Marketing panelga kirish.
Tahrirlash va parolni yangilash
Qator menyusidan Tahrirlash ni tanlab, managerning alohida sahifasiga o'tasiz. U yerda ismi, telefoni, filiali va barcha ruxsatlarini o'zgartirasiz.

Parolni yangilash
Yangi parol (ixtiyoriy) maydoni — managerning parolini almashtirish uchun. Yangi parol (kamida 6 belgi) kiriting; agar parolni o'zgartirmoqchi bo'lmasangiz, maydonni bo'sh qoldiring. O'zgarishlarni saqlagach, manager keyingi kirishda yangi paroldan foydalanadi.
Manager paneliga parolsiz kirish
Kirish amali managerning panelini parol so'ramasdan, yangi brauzer oynasida ochadi. Bu — muammoni managerning ko'zi bilan ko'rish yoki uning ishini tezkor tekshirish uchun qulay. Kirish bir martalik xavfsiz token orqali amalga oshadi.
Manager 2FA holati
Jadvaldagi 2FA ustuni managerning ikki bosqichli himoyasi Yoqilgan yoki O'chiq ekanini ko'rsatadi.
Manager maoshini to'lash
Manager maoshi Moliya (balans) sahifasidan to'lanadi — u yerdagi Maosh berishoynasida managerni tanlab, summani kiritasiz. To'lov markaz balansidan ayiriladi va ikki marta bosilsa ham bir marta yechiladi (idempotent). Batafsil qadamlar Moliya bo'limida keltirilgan.