Direktor paneli
Moliya
Markaz balansi, tushum va chiqim, xarajat so'rovlarini tasdiqlash, manager maoshi va barcha to'lovlar — bir joyda.
Moliya bo'limi tarkibi
Chap menyudagi «Moliya & to'lovlar» guruhida uchta asosiy sahifa bor va bu bo'lim ularning barchasini qamrab oladi:
- Moliya (balans) — oylik hisobot: markaz balansi, tushum, chiqim, sof foyda va manager maoshi.
- Xarajatlar — managerlardan kelgan xarajat so'rovlarini ko'rib chiqish va tasdiqlash.
- To'lovlar — barcha o'quvchi to'lovlarining to'liq ro'yxati.
Markaz balansi va oylik hisobot
Moliya (balans) sahifasi tanlangan oy uchun to'rtta asosiy kartani ko'rsatadi. O'ng yuqoridagi oy va yil tanlagichlari orqali davrni o'zgartirasiz, yangilash tugmasi ma'lumotni qayta yuklaydi.
- Markaz balansi — joriy holat, real vaqtda. Bu markazning umumiy pul qoldig'i.
- Tushum — oy ichidagi jami to'lovlar summasi va soni.
- Chiqim — maosh + xarajat + refund yig'indisi.
- Sof natija — tushumdan chiqimni ayirgandagi foyda yoki zarar (manfiy bo'lsa boshqa rangda).
Ostidagi qatorda o'quvchi statistikasi: Faol o'quvchilar, To'lov qilganlar, Qarzdorlar (qavs ichida umumiy qarz summasi) va Umuman to'lamaganlar.

Chiqimlar taqsimoti
Pastdagi chap blokda chiqimlar turlarga ajratiladi (har birida qavs ichida son bilan):
- Tasdiqlangan xarajatlar — siz tasdiqlagan xarajat so'rovlari.
- O'qituvchi maoshlari va O'qituvchi avanslari.
- Manager maoshlari.
- Refundlar (pul qaytarish).
Eng ostida «Jami chiqim» va oy ichidagi alohida xarajatlar ro'yxati chiqadi.
Manager maoshini to'lash (idempotent)
O'ng blokdagi «Manager maoshlari» qismida joriy oyda to'langan maoshlar ro'yxati vaMaosh berish tugmasi bor. Tugma yangi maosh to'lash oynasini ochadi.
- 1Manager ni ro'yxatdan tanlang.
- 2Maosh summasi ni kiriting — bu summa markaz balansidan ayiriladi.
- 3Izoh (ixtiyoriy) yozing, masalan «iyul oyi uchun».
- 4To'lash tugmasini bosing va tasdiqlash so'rovini tasdiqlang.

To'lashdan oldin tasdiqlash oynasi chiqadi: «[summa] maosh to'lanadi va markaz balansidan ayiriladi. Davom etasizmi?». Tasdiqlagandan so'ng summa balansdan yechiladi va oylik hisobotga tushadi.
Xarajat so'rovlari: tasdiqlash va bekor qilish
Xarajatlar sahifasida managerlar yuborgan xarajat so'rovlari yig'iladi (masalan, ofis materiallari, kommunal to'lovlar). Direktor ularni ko'rib chiqib tasdiqlaydi yoki rad etadi. Tepada Oylik / Yillik tugmalari va davr tanlagich, ostida to'rtta statistika kartasi bor: Tasdiqlangan Xarajatlar, Kutilayotgan So'rovlar, Tasdiqlangan (soni) va Rad Etilgan.

So'rovni tasdiqlash yoki rad etish
Jadval ustunlari: Menejer, Sabab, Summa, Holat, So'ralgan sana, Izoh, Amallar.
- 1Kutilayotgan so'rov qatorida ⋮ menyusidan Holat o'zgartirish ni tanlang.
- 2Holatni Tasdiqlangan yoki Rad etilgan ga o'zgartiring.
- 3Izoh yozing — bu majburiy, kamida 5 ta belgi.
- 4Yashil belgi (✓) bilan saqlang.
Tasdiqlangan xarajat markaz balansidan ayiriladi va oylik hisobotdagi «Tasdiqlangan xarajatlar»qatoriga qo'shiladi.
Tasdiqlangan chiqimni bekor qilish — 3 kunlik oyna
Agar xatoga yo'l qo'yib xarajatni tasdiqlab yuborsangiz, uni 3 kun ichida bekor qilishingiz mumkin. Qator menyusida Chiqimni bekor qilish paydo bo'ladi.
To'lovlar ro'yxati
To'lovlar sahifasi barcha o'quvchi to'lovlarini kuzatish uchun. Tepada joriy oy summasi va to'rtta karta: Jami yillik summa, Jami to'lovlar, O'rtacha to'lovhamda yil tanlagich. Ostida oylik daromad grafigi va to'lov turlari taqsimoti (donut).

Pastdagi jadvalni quyidagilar bo'yicha filtrlaysiz:
- Qidirish — o'quvchi yoki menejer nomi bo'yicha.
- Boshlanish / Tugash sanalari — davr oralig'i.
- To'lov turi — naqd, karta, bank o'tkazmasi va boshqalar.