Noldan ochish · 12-qadam
Hisobotlarni o'qish
Markaz ishga tushgach uning holati raqamlarda ko'rinadi. Hisobotlar ikki joyda: kundalik ish uchun menejer panelida, umumiy moliyaviy manzara uchun direktor panelida.
Kunlik kassa — bugun qancha tushdi, qancha chiqdi
Kun oxirida kassani solishtirish uchun eng kerakli sahifa. Qayerga: menejer panelida chap menyu → Moliya → Kunlik kassa.
Sahifada uchta asosiy raqam turadi:
- Tushum — shu kuni qabul qilingan to'lovlar yig'indisi va soni;
- Chiqim — shu kuni chiqqan pul (xarajat + maosh + avans);
- Kun qoldig'i — tushum minus chiqim.
Ostida To'lov usullari bo'yicha taqsimot (Naqd, Karta, Boshqa) beriladi — naqd pulni qo'lda sanab shu raqam bilan solishtirasiz. Undan pastda Tushumlar va Chiqimlar ro'yxati bir-bir chiqadi. Kunni Oldingi kun / Keyingi kun tugmalari bilan almashtirasiz, Bugun esa bugunga qaytaradi.
Oylik moliyaviy hisobot (direktor)
Oy bo'yicha umumiy manzara direktor panelida. Qayerga: chap menyu → Moliya & to'lovlar → Moliya (balans). Yuqorida oy va yilni tanlaysiz.

Sahifa to'rt katta raqam bilan boshlanadi:
- Markaz balansi — hozirgi holat;
- Tushum — tanlangan oydagi barcha to'lovlar;
- Chiqim — maosh, avans, tasdiqlangan xarajat va qaytarilgan to'lovlar yig'indisi;
- Sof natija — tushum minus chiqim (manfiy bo'lsa o'sha oy zarar bilan yopilgan).
Ostida o'quvchilar kesimi: faol o'quvchilar, to'lov qilganlar, qarzdorlar (va umumiy qarz summasi) hamda umuman to'lamaganlar. Undan pastda Chiqimlar taqsimoti — o'sha beshta tur alohida-alohida, har birida soni va summasi.
To'lovlar tarixini ko'rish
Faqat to'lovlar kerak bo'lsa: Moliya & to'lovlar → To'lovlar. Bu yerda yillik summa, to'lovlar soni, o'rtacha to'lov, oylik daromad diagrammasi va to'lov turlari bo'yicha taqsimot bor; pastda sana va to'lov turi bo'yicha filtrlanadigan ro'yxat.

Zararsizlik nuqtasi (break-even)
Bu hisobot bitta savolga javob beradi: markaz qachon zarardan foydaga o'tdi? Qayerga: menejer panelida chap menyu → Moliya → Zararsizlik nuqtasi.

- Yuqorida Davr turi tanlanadi: Butun tarix, Kunlik, Oylik yoki Yillik; kerakli yil va oy ham shu yerda.
- Kartalar: Umumiy tushum, Jami xarajat, Sof foyda (rentabellik foizi bilan) va foydali/zararli davrlar soni.
- Zararsizlik nuqtasi — yig'ilgan tushum yig'ilgan xarajatni qoplagan payt. Undan keyingi har bir so'm — sof foyda.
- Ikki grafik: davrlar bo'yicha tushum va xarajat, hamda yig'ilgan foyda dinamikasi.
Menejer analizlari — kundalik ish uchun
Menejer panelida chap menyu → Tahlil va hisobot bo'limida beshta sahifa bor. Har biri markazning bir tomonini ko'rsatadi.
Umumiy analiz
To'lovlar analizi
Guruhlar analizi
O'qituvchi reyting
Davomat analizi
Batafsil: Manager · Analiz va hisobotlar.
Filiallar kesimi (direktor)
Bir nechta filial bo'lsa, ularni taqqoslash uchun direktor panelida ikkita sahifa bor.
Filial tahlili
Chap menyu → Umumiy → Filial tahlili. Yilni tanlaysiz va har bir filial bo'yicha ko'rsatkichlarni ko'rasiz: kelgan o'quvchilar, ketgan o'quvchilar, sof o'sish va jami to'lovlar, hamda ikkita grafik — o'quvchilar kelib-ketishi va oylik to'lovlar.

Analitika
Chap menyu → Umumiy → Analitika. Barcha filiallar bo'yicha moliyaviy ko'rsatkichlar bir ekranda: tushum, qaytarilgan to'lovlar, o'qituvchi ulushi, xarajatlar va sof foyda; pastda filiallar foydasi va so'nggi tranzaksiyalar.

Batafsil: Direktor · Moliya va Direktor · Analitika.




