O'qituvchi paneli
Testlar va sertifikatlar
Guruhingiz uchun imtihon (test) tuzing, savollarni qo'lda yoki Excel orqali qo'shing, natijalarni ko'ring va sertifikat dizaynini sozlang.
Imtihonlar ro'yxati
Chap menyudagi Imtihonlar bo'limi barcha testlaringizni jadval ko'rinishida ko'rsatadi: Imtihon nomi, Savollar soni, Davomiyligi, O'tish bali, Status va Amallar.

Status uch xil bo'lishi mumkin: Faol, To'xtatilgan yoki Yakunlangan. Har bir qatorda amallar:
- Natijalar — o'quvchilar javoblari va ballari;
- Sertifikat belgisi — sertifikat dizaynini ochadi;
- Havola belgisi — testni yangi oynada (ommaviy sahifada) ochadi;
- To'xtatish — faol testni vaqtincha to'xtatadi;
- O'chirish — testni o'chiradi.
Yangi imtihon yaratish
Yangi test tugmasi imtihon yaratish sahifasini ochadi. U ikki qismdan iborat: sozlamalar va savollar.

Guruh va sana
Avval guruhni tanlaysiz — faqat o'zingizning guruhingiz. So'ng imtihon sanasini belgilaysiz: kalendarda faqat shu guruhning dars kunlari ochiq bo'ladi, o'tgan kunlar esa bloklangan.
Imtihon ma'lumotlari
- Imtihon nomi (majburiy) va Tavsif (ixtiyoriy);
- Vaqt (daqiqa) — imtihon davomiyligi. U dars davomiyligidan oshmaydi (maksimum ko'rsatiladi);
- O'tish bali (%) — sertifikat olish uchun kerakli minimal foiz;
- YouTube qo'llanma (ixtiyoriy) — faqat YouTube havolasi qabul qilinadi;
- “Har javobdan keyin to'g'ri/xatoni ko'rsat” — o'quvchiga har savoldan so'ng natijani ko'rsatish.
Savollar qo'shish
Savollarni ikki yo'l bilan kiritish mumkin:
- 1Qo'lda: Savol qo'shish tugmasi orqali oynada savol matni, ixtiyoriy rasm, A–D variantlar va to'g'ri javobni belgilaysiz. Saqlash + keyingi → bilan ketma-ket savol qo'shasiz.
- 2Excel orqali: Namuna faylini yuklab oling, to'ldiring va Excel tugmasi orqali import qiling. Format: A ustun — savol, B–E — variantlar, F — to'g'ri javob (A/B/C/D).
To'g'ri javobi belgilanmagan savollar saqlanmaydi — tizim ularni oldindan ogohlantiradi. Tayyor savollar soni va to'g'ri javobsiz savollar soni sarlavhada ko'rsatib turiladi.
Sertifikat dizayni
Imtihon yaratish tugmasidan so'ng tizim sizni sertifikat dizayni sahifasiga o'tkazadi. U yerda orqa fon rasmni yuklaysiz va matn maydonlarini ({fullname}, {ball}, {score} kabi) sudrab kerakli joyga qo'yasiz, so'ng saqlaysiz. Shu sertifikat o'tish balidan o'tgan o'quvchilarga beriladi.
Sertifikat dizaynini keyinroq ham o'zgartirish mumkin — imtihonlar ro'yxatidagi sertifikat belgisidan.
Natijalar
Har bir test qatoridagi Natijalar tugmasi o'sha imtihon bo'yicha o'quvchilar javoblari, to'plangan ball va o'tish/o'tmaslik holatini ko'rsatadi. Bu — imtihondan keyin guruh natijasini baholashning eng tez yo'li.