O'qituvchi paneli
Maosh va to'lovlarim
Maoshingiz qanday shakllanishi, ulush foizingiz, joriy balans, avanslar va guruhlar bo'yicha to'lovlar — hammasi bir joyda.
Maosh hisoboti (Hisobotlar)
Chap menyudagi Hisobotlar bo'limi (yoki bosh sahifadagi Maoshim kartasi) faoliyatingiz va moliyaviy natijalaringizni ko'rsatadi. Yuqorida ismingiz, joriy oy, Komissiya foizi va Balans kartasi turadi.

Ostida uchta ko'rsatkich karta:
- O'quvchilar — jami soni; to'lovi yetarli va yetarli bo'lmaganlar nisbati;
- Maosh — hisoblangan maosh va u potensial maoshning necha foizi ekani;
- Guruhlar — guruhlaringiz soni va eng yiriklari.
Guruhlar bo'yicha tahlil va maosh tarixi
Pastda guruhlar bo'yicha tahlil — har bir guruhdan tushadigan maosh, o'quvchilar soni va to'lov holati. So'ng oylik maosh tarixi — har bir oyni ochib, uning holatini (To'langan yoki Kutilmoqda), to'langan sanani va guruhlar bo'yicha taqsimotini ko'rasiz. Maosh dinamikasi diagrammasi esa oylar bo'yicha o'zgarishni ko'rsatadi. Eng pastda almashtirish daromadlari (boshqa o'qituvchi o'rniga o'tgan darslar) aks etadi.

To'lovlar va balans tarixi
To'lovlar bo'limi guruhlaringizdagi o'quvchilar to'lovlari va sizning ulushingizni oy bo'yicha ko'rsatadi. Yuqorida oy tanlagich (‹ / ›), so'ng balans kartasi: Joriy balansim, Bu oy to'lovlar va Mening ulushim. Ostida:
- To'lov qilgan / To'lov qilmagan o'quvchilar soni;
- Guruhlar bo'yicha to'lovlar — har guruhni ochib, kim to'laganini (summa va sana bilan), kim to'lamaganini ko'rish;
- Balans tarixi — kirim va chiqimlar: To'lovdan ulush, Maosh to'landi, Avans berildi, Avans bekor qilindi, Refund ulushi, Tuzatish.
Ulush, balans va avans
- Ulush (komissiya) — har bir to'lovdan sizga tegadigan foiz. U hisobot va to'lov kartalarida ko'rsatiladi.
- Balans — yig'ilgan, hali yechib olinmagan mablag'ingiz. To'lovdan ulush uni oshiradi; maosh va avans kamaytiradi.
- Avans — maoshdan oldin olingan qism; keyinchalik maoshdan ushlab qolinadi. Balans tarixida “Avans berildi” sifatida ko'rinadi.