O'qituvchi paneli

Bosh sahifa

Kirgandan keyingi birinchi ekran: bir qarashda guruhlaringiz, o'quvchilar soni, maoshingiz va tezkor amallar.

Salomlashuv va balans

Yuqorida ismingiz bilan salomlashuv (“Salom, {ism} 👋”), bugungi sana va qisqa izoh ko'rinadi. O'ng tomonda esa joriy balansingiz — hozircha yechib olinmagan ulush va maosh mablag'ingiz aks etadi.

O'qituvchi bosh sahifasi
Bosh sahifa: salomlashuv, balans kartasi, tezkor harakatlar va umumiy ko'rsatkichlar.

Tezkor harakatlar

Yuqoridagi to'rtta katta karta — eng ko'p ishlatiladigan amallarga qisqa yo'l:

  • Guruhlarim — barcha faol guruhlaringiz ro'yxatiga o'tadi.
  • Davomat olish — guruhni tanlab davomat belgilash sahifasiga olib boradi.
  • Baho qo'yish — o'quvchilarga dars bahosi qo'yish oqimiga o'tadi.
  • Maoshim — maosh va to'lov hisoboti sahifasini ochadi.

Umumiy ko'rsatkichlar

Umumiy ko'rsatkichlar bo'limida to'rtta karta bor:

  • O'quvchilar — barcha guruhlaringizdagi jami o'quvchilar soni; pastida nechtasining to'lovi yetarli ekani.
  • Guruhlar — faol guruhlaringiz soni.
  • Haqiqiy maosh — joriy oyda hisoblangan maoshingiz va u potensial maoshning necha foizi ekani.
  • Komissiya — sizning ulush foizingiz (progress chizig'i bilan).
Eslatma:Haqiqiy maosh o'quvchilarning to'lovlariga bog'liq: faqat to'lovi yetarli o'quvchilar uchun ulush hisoblanadi. Shu sabab dars boshida raqam kichik bo'lib, oy davomida o'sib boradi.

Guruhlar va to'lovlar statistikasi

Pastda ikkita panel yonma-yon turadi. Guruhlar statistikasi har bir guruh bo'yicha o'quvchilar soni va to'lov holatini ko'rsatadi; Barchasi › orqali guruhlar ro'yxatiga o'tasiz. To'lovlar statistikasi esa potensial va haqiqiy maoshni, hamda to'lovi yetarli/yetarli bo'lmagan o'quvchilar sonini ko'rsatadi; Batafsil › orqali hisobotlar sahifasiga o'tasiz.

Bosh sahifaning to'liq ko'rinishi
To'liq ko'rinish: guruhlar va to'lovlar statistikasi panellari, pastda boshqa bo'limlarga qisqa yo'llar.

Eng pastdagi boshqa bo'limlar to'ridan Talabalar, Jadval, Imtihonlar va Sozlamalarga bir bosishda o'tish mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Nega Haqiqiy maosh 0 so'm ko'rsatyapti?+
Maosh o'quvchilar to'lovidan hisoblanadi. Agar oy boshida hali to'lovlar kirmagan yoki to'lovi yetarli o'quvchi bo'lmasa, haqiqiy maosh 0 bo'lib turadi va to'lovlar kelgani sari oshadi.
Balans bilan maosh bir narsami?+
Yo'q. Balans — bu sizga tegishli, hali yechib olinmagan yig'ilgan mablag'. Haqiqiy maosh esa joriy oy uchun hisoblangan summa. Batafsil ma'lumot Maosh bo'limida.
Guruhlar statistikasida bir guruh ko'rinmayapti.+
Bosh sahifada faqat asosiy guruhlar ko'rsatiladi. Barchasini ko'rish uchun Barchasi › yoki chap menyudagi Guruhlar bo'limiga o'ting.
Statistika eskirgan ko'rinsa nima qilay?+
Sahifani yangilang (brauzerda qayta yuklang). Ma'lumotlar davomat va to'lovlar kiritilgach avtomatik yangilanadi.