O'qituvchi paneli
Ishni boshlash
Tizimga kirish, parolni boshqarish va o'qituvchi panelining interfeysi bilan tanishish.
Tizimga kirish
Kirish manzili: educrm.pro/login — barcha xodimlar uchun bitta kirish sahifasi; raqam bir nechta hisobga ulangan bo'lsa panelni tanlaysiz; 2FA kodi shu sahifada so'raladi. Login ma'lumotlarini (telefon raqam va parol) markaz menejeri yoki direktori beradi — o'qituvchi o'zi ro'yxatdan o'tmaydi.
- 1Brauzerda educrm.pro/login sahifasini oching.
- 2Telefon raqamingizni kiriting — +998 avtomatik turadi, faqat qolgan 9 raqamni terasiz.
- 3Parolni kiriting. Ko'rish uchun maydon o'ng tomonidagi ko'z belgisini bosing.
- 4Tizimga kirish tugmasini bosing.

Ikki bosqichli himoya (2FA)
Markaz siyosatiga ko'ra hisobingizga ikki bosqichli himoya (2FA) talab qilinishi mumkin. Bunda parolni kiritgandan so'ng qo'shimcha tasdiqlash bosqichi paydo bo'ladi:
- 2FA hali yoqilmagan bo'lsa — tizim sizni Telegram bot orqali himoyani yoqishga yo'naltiradi.
- 2FA yoqilgan bo'lsa — Telegram orqali kelgan bir martalik kodni kiritish sahifasiga o'tasiz.
Kirgandan keyin yuqorida sariq lentada “Hisobingiz himoyasiz. 2FA xavfsizlikni yoqing” ogohlantirishi ko'rinsa — bu himoya hali yoqilmaganini bildiradi. Yoqish → orqali uni faollashtirishingiz mumkin.
Interfeys bilan tanishuv
Panel uch qismdan iborat:
- Chap menyu (sidebar) — bo'limlar uch guruhga ajratilgan: O'quv jarayoni (Guruhlar, Talabalar, Jadval), Baholash (Imtihonlar, Coin holati) va Hisobot (Analitika, To'lovlar, Hisobotlar). Eng pastda til (UZ/RU), rejim (Yorug'/Tungi) va Chiqish.
- Yuqori panel — qidiruv (Ctrl K) va joriy balansingiz.
- Asosiy maydon — tanlangan bo'lim mazmuni.