O'qituvchi paneli
Coin tizimi
Coin — o'quvchilarni rag'batlantirish tizimi. O'qituvchi bu bo'limda o'quvchilar coinlarini kuzatadi: kim yetakchi, kimda qancha balans bor va coin qanday to'planadi.
Leaderboard (yetakchilar)
Leaderboard bo'limi filial bo'yicha eng ko'p coin to'plagan o'quvchilarni tartib bilan ko'rsatadi. Birinchi uch o'rin medal belgilari bilan ajratiladi. Har bir o'quvchi yonida uning darajasi(Bronza, Kumush, Oltin, Platina) va jami topilgan coin miqdori bo'ladi.

O'quvchilar ro'yxati
O'quvchilar bo'limi jadval ko'rinishida har bir o'quvchining coin holatini beradi: Balans (hozirgi coin), Topilgan (jami yig'ilgan), Sarflanganva Daraja. Bu — kimga qancha coin to'planganini batafsil ko'rish uchun qulay.
Coin qoidalari
Coin qoidalari bo'limi coin qanday hisoblanishini ko'rsatadi. Odatdagi mezonlar:
- Darsga qatnashish — har kelgan dars uchun coin;
- Uy vazifasi — bajarilganda coin;
- Test 70–89 ball va Test 90+ ball — natijaga qarab coin;
- Muddatida to'lov — o'z vaqtida to'lov uchun coin;
- 1 coin qiymati — coin necha so'mga teng (chegirmada ishlatiladi).

Pastdagi “Qanday ishlaydi?” izohida coin qanday to'planishi va daraja bosqichlari ko'rsatiladi: Bronza → Kumush → Oltin → Platina. To'plangan coinlar o'quvchi uchun to'lovda chegirmaga aylanishi mumkin.