Direktor paneli
Bosh sahifa (Dashboard)
Markazning umumiy holati bir nazarda: asosiy ko'rsatkichlar, daromad, tezkor amallar va oylik dinamika.
Asosiy ko'rsatkich kartalari
Sahifa tepasida to'rtta karta markazning joriy holatini ko'rsatadi:
- To'lovlar — jami to'lovlar soni.
- To'lov turlari — mavjud to'lov turlari soni (naqd, karta, bank o'tkazmasi va h.k.).
- O'quvchilar — markazdagi jami o'quvchilar soni.
- Daromad — umumiy daromad summasi (so'mda).

Tezkor amallar
Kartalar ostidagi «Tezkor amallar» bloki eng ko'p ishlatiladigan bo'limlarga bir bosishda o'tish uchun. Har bir karta strelka (→) bilan tegishli sahifani ochadi:
- Analitika — hisobotlar va statistika.
- Filiallar — filiallar ro'yxati (kartada filiallar soni ko'rinadi).
- Menejerlar — managerlar faoliyati.
- To'lovlar — moliyaviy hisobotlar.
- Bayram kunlari — dam olish kunlari.
Oylik to'lovlar va taqsimot
Pastroqda ikkita grafik joylashgan:
Oylik to'lovlar (dinamikasi)
Tanlangan yil bo'yicha har oyning daromadi ustunli diagrammada ko'rsatiladi. O'ng yuqoridagi yil tanlagichi orqali boshqa yilga o'tasiz. Ustun ustiga kelsangiz o'sha oydagi summa va to'lovlar soni ko'rinadi.
To'lov turlari taqsimoti
Doiraviy (donut) diagramma to'lovlarni turi bo'yicha ajratadi — masalan, naqd nechchi foiz, karta nechchi foiz. Har bir tur uchun summa va foiz ko'rsatiladi.

So'nggi to'lovlar
Sahifaning eng pastida oxirgi amalga oshirilgan to'lovlar ro'yxati chiqadi. Har bir yozuv bo'yichaBatafsil tugmasi to'liq ma'lumotni ochadi. Bu blok markazdagi pul harakatini tez kuzatish uchun qulay — to'liq ro'yxat esa To'lovlar sahifasida (Moliya bo'limida).