Direktor paneli
Coin tizimi
Coin tizimi — o'quvchilarni rag'batlantirish vositasi. O'quvchi darsga qatnashgani, uy vazifasini bajargani yoki o'z vaqtida to'lagani uchun coin oladi va keyin uni chegirma yoki sovg'aga almashtiradi. Bu sahifada qoidalarni siz belgilaysiz.
Umumiy statistika va ranglar
Sahifaning yuqorisida to'rtta ko'rsatkich kartasi turadi: Jami topilgan (barcha o'quvchilar yiqqan coinlar), Sarflangan, Faol balans (hozir ishlatilishi mumkin bo'lgan coinlar) va O'rtacha balans.
Ular ostida o'quvchilarning darajalar (rank) bo'yicha taqsimoti ko'rsatiladi: Bronza, Kumush, Oltin va Platina. Daraja o'quvchining to'plagan coinlariga qarab avtomatik beriladi va uning faolligini bir qarashda ko'rsatadi.

Coin qoidalarini sozlash
Qoidalar tabida o'quvchi qaysi harakat uchun necha coin olishini belgilaysiz. Har bir maydonga son kiritasiz:
- Darsga qatnashish — har bir darsga kelgani uchun.
- Uy vazifasi — uy vazifasini bajargani uchun.
- Test 70–89 ball va Test 90+ ball — test natijasiga qarab.
- Muddatida to'lov — to'lovni o'z vaqtida qilgani uchun.
- Coin kursi (coinRate) — 1 coin necha so'mga teng ekanini belgilaydi. Bu chegirmaga almashtirishda ishlatiladi.
- Coin muddati — coin necha kundan keyin kuchini yo'qotishi.
Pastda Tizim faol belgilagichi bor. Uni o'chirsangiz, coin berish butunlay to'xtaydi (o'quvchilar yangi coin olmaydi). O'zgarishlarni saqlash uchunSaqlash tugmasini bosing.
Top 10 o'quvchilar
Top 10 tabida eng ko'p coin to'plagan o'nta o'quvchi reyting tartibida ko'rsatiladi. Har bir qatorda o'quvchining ismi, telefoni, darajasi (Bronza/Kumush/Oltin/Platina) va to'plagan coinlari soni bo'ladi. Birinchi uchtasi medal belgilari bilan ajratiladi.

Sovg'a almashtirish (redemption) so'rovlari
O'quvchi to'plagan coinlarini chegirma yoki sovg'aga almashtirmoqchi bo'lsa, so'rov yuboradi. Bu so'rovlar Redemption tabida to'planadi va ularni siz ko'rib chiqasiz.
- 1Redemption tabini oching. Yuqorida uchta filtr bor: Kutilmoqda, Tasdiqlangan, Rad etilgan.
- 2Har bir so'rovda o'quvchi ismi, turi (chegirma yoki sovg'a), sarflanadigan coin miqdori va agar chegirma bo'lsa — so'mdagi qiymati ko'rsatiladi.
- 3Kutilayotgan so'rovda Tasdiqlash yoki Rad etish tugmasini bosasiz.
