Manager paneli
Sozlamalar va profil
Markaz ma'lumotlari, menyu tartibi va ranglarni moslash, shaxsiy profil hamda qo'shimcha sozlamalar: xonalar, kurslar, bayramlar va xodimlar davomati.
Markaz sozlamalari
Chap menyu → Sozlamalar → Markaz sozlamalari. O'quv markaz haqidagi ma'lumotlarni tahrirlaysiz.

- Asosiy ma'lumotlar: markaz nomi, asosiy va qo'shimcha telefon, manzil.
- Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram, Instagram, veb-sayt.
- Ish vaqti: ish kunlarini tugma orqali belgilaysiz, boshlanish va tugash vaqtini kiritasiz.
O'ng yuqoridagi Saqlash tugmasi o'zgarishlarni yozadi.
Rang sozlamalari
Chap menyu → Sozlamalar → Rang sozlamalari. Dars jadvalidagi guruh kartochkalari guruhdagi o'quvchilar soniga qarab rangga bo'yaladi — shu ranglarni moslaysiz.

- Har bir oraliq uchun: nom, minimal va maksimal o'quvchi soni, orqa fon rangi va matn rangi (HEX yoki rang tanlovchi).
- Ko'rinish namunasi tanlangan rangni jonli ko'rsatadi.
- Standart uchta oraliq bor (kichik/o'rta/katta guruhlar); Yangi guruh qo'shish bilan qo'shasiz.
Saqlangach o'zgarish dars jadvalida darhol ko'rinadi.
Profil va parol
Chap menyu → Profil. Shaxsiy ma'lumotlaringiz ko'rsatiladi: ism, rol, telefon, filial, o'quv markazi, direktor ma'lumotlari va sizga berilgan tizim ruxsatlari ro'yxati.

Qo'shimcha sozlamalar
Xonalar
Kurslar
Bayram kunlari
Bayram kunlari — dam olish va bayramlar. Sana oralig'i, nom va takrorlanish(har yili yoki faqat bir yil) belgilanadi. Belgilangan kunlar davomat va dars jadvalida hisobga olinadi.




