Manager paneli

O'qituvchilar va maosh

O'qituvchilarni qo'shish, maosh shartnomasini belgilash, profilda oylik va avansni kuzatish hamda maoshni to'lash.

O'qituvchilar ro'yxati

Chap menyu → O'quv jarayoni → Ustozlar. Yuqorida to'rtta hisob kartasi: Jami ustozlar, Ruxsat berilgan (guruhga o'quvchi qo'sha oladiganlar), O'rtacha foiz va 2FA yoqilgan. Har bir o'qituvchi karta ko'rinishida chiqadi: ismi, maosh yorlig'i (foiz yoki belgilangan oylik), telefoni va amal tugmalari.

O'qituvchilar (Ustozlar) ro'yxati
Ustozlar sahifasi: hisob kartalari va har bir o'qituvchi uchun kartalar.

Karta ichidagi tugmalar: guruhga o'quvchi qo'shish ruxsatini Ruxsat berish /Ruxsatni olib tashlash, o'qituvchi paneliga kirish (impersonation), parolni almashtirish, profilni tahrirlash va o'chirish. 2FA yoqilgan o'qituvchida uni o'chirish tugmasi ham ko'rinadi.

O'qituvchi qo'shish va maosh turi

O'ng yuqoridagi Yangi ustoz tugmasi qo'shish oynasini ochadi.

Yangi ustoz qo'shish oynasi
Qo'shish oynasi: to'liq ism, telefon, parol va shartnoma turi (foiz yoki belgilangan oylik).
  1. 1To'liq ism va telefon raqam (login sifatida ishlatiladi).
  2. 2Parol — kamida 6 belgi.
  3. 3Shartnoma turini tanlaysiz — quyida ikki variant.

Shartnoma turlari

  • To'lovdan foiz — o'qituvchi o'z guruhi o'quvchilari to'lovidan ulush oladi.Foiz (%) maydoniga 1–100 oralig'idagi qiymat kiritiladi (masalan 30%).
  • Belgilangan oylik — har oy qat'iy summa (masalan 3 000 000 so'm), to'lovlardan qat'i nazar.
Eslatma:Aralash (mixed) kelishuv — ham foiz, ham belgilangan qism — maosh hisobotida alohida tur sifatida ko'rsatiladi, lekin qo'shish oynasida asosiy ikki turdan birini tanlaysiz.

O'qituvchi profili: oylik va avans

O'qituvchi ismiga bosib profiliga kirasiz. Bu — maosh bilan ishlashning asosiy joyi. Yuqorida Avans berish va Maosh to'lash tugmalari, joriy avans yorlig'i va oy ko'rsatkichi turadi.

O'qituvchi profili — oylik va avans
Profil: hisob kartalari (jami to'lovlar, oylik haqi, talabalar, berilgan avans) va Guruhlar / To'lovlar / Avanslar / Maosh tarixi tab'lari.
  • Jami to'lovlar — o'qituvchi guruhlaridan tushgan umumiy to'lov.
  • Oylik haqi (foiz) — joriy oyda hisoblangan ulush (dinamik o'sib boradi).
  • Talabalar soni va Berilgan avans summasi.
  • Tab'lar: Guruhlar, To'lovlar, Avanslar (avans tarixi) va Maosh tarixi.

Avans berish

Avans berish tugmasi oynada summa (va ixtiyoriy izoh) so'raydi. Berilgan avans keyinchalik maosh hisoblanganda umumiy maoshdan ayiriladi — shu tariqa "to'lanadigan" sof summa chiqadi.

Maoshni hisoblash va to'lash

Maosh ikki yo'l bilan boshqariladi. Kundalik ish uchun eng qulayi — yuqorida ko'rsatilgan o'qituvchi profili: Maosh to'lash tugmasi joriy oy uchun hisoblangan summani to'laydi. Bundan tashqari alohida Maosh hisoboti sahifasi ham bor.

Maosh hisoboti sahifasi

Bu sahifada Maosh hisoblash orqali tanlangan o'qituvchi va oy uchun maosh hisoblanadi, keyin jadvalda quyidagilar ko'rinadi:

O'qituvchilar maoshlari sahifasi
Maosh hisoboti: o'qituvchi, guruh, jami maosh, avans, to'lanadigan summa va holat; kutilayotgan maoshni To'lash tugmasi bilan to'laysiz.
  • O'qituvchi, guruh, maosh turi (foiz / belgilangan / aralash).
  • Jami tushum, foiz ulushi, belgilangan oylik, umumiy maosh.
  • Berilgan avans va undan keyingi to'lanadigan sof summa.
  • Holat: Kutilmoqda yoki To'langan. Kutilayotganini To'lash tugmasi bilan to'laysiz (to'lov usuli va izoh tanlab).

Yuqorida analitika tab'i to'rtta yig'ma ko'rsatkichni beradi: jami maosh, to'langan, kutilayotgan va o'rtacha maosh.

Eslatma:To'langan maosh o'qituvchi balansidan yechiladi va markaz xarajati sifatida yoziladi — shu tariqa moliyaviy hisobotda ko'rinadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Foizli o'qituvchi maoshini qachon oladi?+
Foizli kelishuvda maosh o'quvchilar to'lov qilgan sari o'sib boradi. Uni istalgan payt profildagi "Maosh to'lash" orqali to'lashingiz mumkin — joriy oygacha hisoblangan ulush olinadi.
Avans berdim — u maoshdan ayiriladimi?+
Ha. Berilgan avans o'sha oy maoshi hisoblanganda umumiy maoshdan ayiriladi va "to'lanadigan" sof summa shunga qarab kamayadi. Avanslar profildagi "Avanslar" tab'ida ro'yxatlanadi.
O'qituvchining maosh turini keyin o'zgartira olamanmi?+
Ha. O'qituvchi kartasidagi tahrirlash tugmasi orqali foizdan belgilangan oylikga (yoki aksincha) o'tkazasiz. O'zgarish keyingi maosh hisoblashlarga ta'sir qiladi.
O'qituvchi o'z panelida nimalarni ko'radi?+
O'z guruhlari, davomat va baholar, hamda o'z maoshi va avanslari. Uning paneliga kartadagi "kirish" tugmasi orqali bir marta bosib o'tishingiz (impersonation) ham mumkin.