Manager paneli

Ishni boshlash

Tizimga kirish, parolni boshqarish va panel interfeysi bilan tanishish.

Tizimga kirish

Kirish manzili: educrm.pro/login — barcha xodimlar uchun bitta kirish sahifasi; raqam bir nechta hisobga ulangan bo'lsa panelni tanlaysiz; 2FA kodi shu sahifada so'raladi. Login ma'lumotlarini (telefon raqam va parol) markaz direktori beradi.

  1. 1Brauzerda educrm.pro/login sahifasini oching.
  2. 2Telefon raqamingizni kiriting — +998 avtomatik qo'yiladi, faqat qolgan 9 raqamni terasiz.
  3. 3Parolni kiriting va Kirish tugmasini bosing.
  4. 4Agar markazingizda ikki bosqichli himoya yoqilgan bo'lsa, Telegram orqali kelgan kodni shu sahifada kiritasiz.
Diqqat:Parolni brauzerda saqlashda ehtiyot bo'ling — umumiy kompyuterda ishlayotgan bo'lsangiz, ishni tugatgach Chiqish tugmasi orqali tizimdan chiqing.

Interfeys bilan tanishuv

Panel uch qismdan iborat:

  • Chap menyu (sidebar) — barcha bo'limlar. Tartibini o'zingizga moslashingiz mumkin (Sozlamalar → Sidebar tartibi).
  • Yuqori panel — qidiruv, bildirishnomalar va profil.
  • Asosiy maydon — tanlangan bo'lim mazmuni.
Manager paneli: chap menyu, yuqori panel va dars jadvali kalendari
Kirgandan keyingi bosh sahifa (Dashboard). Chapda bo'limlar menyusi, yuqorida «O'quvchi qo'shish», to'lov, qidiruv va bildirishnoma tugmalari, o'rtada oylik dars jadvali.

Ko'p so'raladigan savollar

Parolni unutdim — nima qilay?+
Markaz direktoriga murojaat qiling: direktor panelidan manager parolini yangilab bera oladi.
Telefon raqamim o'zgardi — loginni almashtirish mumkinmi?+
Ha, direktor Managerlar bo'limida telefon raqamingizni yangilaydi; keyingi kirishda yangi raqamdan foydalanasiz.
Bir vaqtning o'zida ikki qurilmadan kirsam bo'ladimi?+
Ha, panel bir nechta qurilmada ochiq tura oladi. Xavfsizlik uchun ishlatilmayotgan qurilmalarda tizimdan chiqib qo'ygan ma'qul.